Xayrulla Hamidov: Jamoaning uzoq yillik murabbiyi chindan ham "Nasaf"ni chempion qilib ketarmikan yo undan oldin "Neftchi" shohsupaga chiqishga ulgurarmikan?!

  • 18 dekabr, 2023, 00:10
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” klubi rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Tomonlar 2024 yilning so‘ngiga qadar amal qiladigan bitimni imzolashgan.

Tecno

Ushbu voqelikdan so‘ng taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida qisqacha fikr bildirdi. 

photo_2023-08-02_16-36-05

- Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf"da yana bir yil ishlaydigan bo‘ldi. 2024 yilning oxirigacha imzolangan shartnomadan olinadigan xulosa, albatta, bitta: chempionlik!

Jamoaning uzoq yillik murabbiyi chindan ham "Nasaf"ni chempion qilib ketarmikan yo undan oldin "Neftchi" shohsupaga chiqishga ulgurarmikan?!, - deya post qoldirdi Xayrulla Hamidov. 

"Nasaf" Ro‘ziqul Berdiev bosh murabbiyligi davrida O‘zbekiston chempionatining besh karra bronza va uch marta kumush medallari sohibiga aylandi, shuningdek, to‘rt marta O‘zbekiston Kubogi va ikki bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi.

photo_2023-11-12_18-04-59

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
18/12/2023 09:11
Албатта Р.Бердиев бошчилигда Насаф 2024й чемпион булишига ишонамиз. Ола НАСАФ. Сурхон хам Сизлардан урнак олиб насиб килса 3 уринни олади,иншооллох
&
Bolelshik
18/12/2023 22:51
Nasaf chempion bo'ladi va Berdiev haech qaerga ketmaydi. Undan keyingi yili OCHL Elita Ligasida guruhdan chiqishi uchun Berdiev kerak. Agar Berdiev Nasafni chempion qilib jamoani boshqa birovga OCHLda tashlab ketsa, bu katta xato bo'ladi
Шоим Зарипов
18/12/2023 18:13
Тилаклар учун рамат иншоолох 2024 йилСУРКАЧЛАР йили булади насиб булса Хайриллога маслахатим Бердиев чемпион килиб кетадими деган сузни ишлатманг Бердиев хеч каерга кетмайди НАСАФ албатта чемпион булади