"Xetafe" futbolchisi tunni politsiya mahkamasida o‘tkazdi

  • 02.09.2019 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning “Xetafe” klubi himoyachisi Matias Oliveyra tunni politsiya mahkamasida o‘tkazdi. Bu haqda El Digital de Albacete nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 21 yoshli futbolchi Albaset yaqinidagi mehmonxonalar yonida bo‘lgan mushtlashuvda ishtirok etgan. Voqea joyiga politsiya xodimlari etib kelishganida Oliveyra ularga qo‘pol muamomala qilgan. Shundan so‘ng uni mahkamaga olib ketishgan va u yakshanba oqshomini politsiyada o‘tkazgan.

Undan kerakli ko‘rsatmalar olingach tongda qo‘yib yuborilgan. Endi bugun Oliveyra “Xetafe” rahbariyati bilan uchrashadi. Unga nisbatan esa intizomiy choralar ko‘rilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!