"Xetafe"ga qarshi bahsni "Real"ning asosiy futbolchisi o‘tkazib yuboradi (qaydnoma)

  • 7 oktabr, 2022, 18:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga qarshi o‘yin uchun jamoaning qaydnomasini ma’lum qildi.

Tecno

Madridliklar ro‘yxatiga hujumchi Karim Benzema kiritilmagan. 34 yoshli frantsiyalik futbolchi jarohati sabab sentyabr oyida uchta o‘yinni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, oktyabr oyida “Osasuna” va “Shaxtyor” bilan ikkita uchrashuvda to‘liq o‘ynadi. Hozircha futbolchi nega bu o‘yinda ishtirok eta olmasligi ochiqlanmagan.

Joriy mavsumda Benzema barcha turnirlarda 8 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 4 ta gol  va 1 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

"Xetafe" - "Real" uchrashuvi 8 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00.00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!