Xeysen jarohati sabab Ispaniya terma jamoasi tark etdi

  • 8 oktabr, 15:35
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" a’zosi Din Xeysen FIFA kunlari doirasida Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv olgan edi. Ammo futbolchi jarohat olib, o‘z klubiga qaytdi.

Ispaniya Futbol Federatsiyasi xabariga ko‘ra, Xeysen mushak zo‘riqishi sabab mashg‘ulot o‘tkazmagan. Keyingi tibbiy tekshiruvlar natijasida unga mushak jarohati tashxisi qo‘yildi. Himoyachi 1–2 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin, ammo xalqaro tanaffusdan keyin qirollik klubiga bera oladi.

Ma’lumot uchun, "Qizil furiya" JCh-2026 saralashi doirasida 11 oktyabrda Gruziyaga, 14 oktyabrda esa Bolgariyaga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!