
Xitoy Superliga. Oskar yana "Shanxay SIPG"ning joniga oro kirdi, Odil Ahmedov esa 90 daqiqa harakat qildi
Bundan biroz avval, Xitoy Superligasining 4-turidan o‘rin olgan “Shanxay SIPG” hamda “Uxan Chjoer” jamoalari bahsi yakunlandi.
Dastlab, 25-daqiqada mehmonlar futbolchisi Chjan Chenlin hisobni ochgan bo‘lsa, 79-daqiqaga kelib shanxayliklar forvardi Marko Arnautovich o‘z goli bilan muvozanatni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida, aniqrog‘i 89-daqiqada Oskar penaltidan gol urib mezbonlar g‘alabasini ta’minladi.
“Shanxay SIPG” safidagi hamyurtimiz Odil Ahmedov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 92+2 daqiqada o‘rnini jamoadoshi Yan Shiyuanga bo‘shatib berdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Shanxay SIPG” o‘z guruhida 2-o‘rinda bormoqda. Ularning bugungi raqibi “Uxan Chjoer” esa 3-o‘rindan joy olib turibdi.
Fikrlar