
Xitoy Superliga. "Shanxay SIPG" safarda peshqadamni taslim qildi, Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushdi
Bugun Xitoy Superligasining 6-turida “Shanxay SIPG” safarda guruh peshqadami – “Beytszin Goan” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan bahs 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shanxayliklarga g‘alaba keltirgan gollarga Shenchao Vang (27') hamda Oskar (76') mualliflik qildi. “Shanxay SIPG” safidagi hamyurtimiz Odil Ahmedov esa o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 46-daqiqada o‘z o‘rnini braziliyalik hujumchi Xalkga bo‘shatib berdi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolar sonini 14 taga etkazib olgan “Shanxay” peshqadamga aylanib oldi. “Beytszin Goan” esa 2-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar