
"Xoffenxaym" mashg‘ulotlarida josuslik qilgan "Verder" tahlilchisi jarimaga tortildi
Karlsrue mintaqaviy kengashi "Xoffenxaym" klubi mashg‘ulotlarida josuslik qilgan "Verder" klubining tahlilchisini 500 evro jarimaga soldi.
Aslida bu hodisa 2018 yilning dekabr oyida yuz bergan, "Xoffenxaym" klubi arizani endi berdi.
"Verder" klubi bosh murabbiyi Florian Kofeldt "Xoffenxaym"(1:1) bilan bo‘lgan uchrashuvda bu ma’lumotlardan foydalanmaganligiga ishontirdi.
Bremenliklar sport direktori Frank Baumann voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Fikrlar