Xokkey. "Humo" himoyachisi uchun mavsum muddatidan avval tugadi

  • 29.10.2022 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey

Joriy hafta peshqadam “Saryarqa”ga qarshi 2 ta uy uchrashuvini o‘tkazgan “Humo”ning ayrim o‘yinchilari jarohatidan davolanmoqda. Xokkeychilarning ahvoli haqida jamoa bosh shifokori Farhod Ro‘zmetov klub matbuot xizmatiga ma’lumot berdi.

“Himoyachi Mark Rubinchik juma kuni jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. U tiklanish holatiga o‘tdi. Lekin mavsum yakuniga qadar uning muzga qaytishi dargumon.

editor_GIM_0009.jpg

Himoyachi Nikita Zimin tanasining yuqori qismidan olgan jarohatidan tiklanmoqda, ammo u bo‘lajak safar o‘yinlariga bormaydi.

editor_%D0%97%D0%B8%D0%BC%D0%B8%D0%BD%20%D0%9D.jpg

Yana bir himoyachi Aleksey Kirillov tanasining pastki qismidan jarohat olgan. U ayni damda keyingi o‘yinlarga tayyorlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

editor_%D0%9A%D0%B8%D1%80%D0%B8%D0%BB%D0%BB%D0%BE%D0%B2%20%D0%90.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!