Xokkey. "Humo" ikkinchi o‘yinda raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi

  • 23 noyabr, 2022, 21:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" xokkey klubi bugun Qozog‘iston Pro-ligasining navbatdagi turida o‘z maydonida "Snejnye Barsy" klubiga qarshi ikkinchi bahsini o‘tkazdi.

Tecno

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda 5:0 hisobida "qanotlilar"ning qo‘li baland keldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalarning kechagi uchrashuvida 2:0 hisobida "Humo" g‘alaba qozongan edi.

Ma’lumot uchun, "Humo" bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari sonini 30 taga etkazib oldi va bu borada 3-o‘rindagi "Arlan" jamoasiga tenglashib oldi. Toshkent jamoasi hozirda chempionat musobaqa jadvalida 4-o‘rinda, "Snejnye Barsy" esa so‘nggi 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!