Xokkey. Markaziy bahsda Rossiya AQShdan ustun keldi
Shahzod
Xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Slovakiyada davom etayotgan Jahon chempionati chorak final bosqichidan AQShdan ustun keldi.
Bratislava shahrida kechgan uchrashuvda ruslar 4:3 hisobida amerikaliklardan ustun kelishdi. G‘oliblar safida Nikita Gusev (1-daqiqada), Mixail Sergachev (15), Kirill Kaprizov (42) va Mixail Grigorenkolar mualliflik qilishdi.
Bunga esa AQShdan Bredi Shey (22), Noa Xenifin (46) va Aleks Debrinketlar (58) javob qaytarishdi.
Shu tariqa Rossiya yarim final ishtirokchisiga aylandi.

Izohlar (0)