Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xoland Gvardiolaning ketishiga munosabat bildirdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Norvegiyalik hujumchi murabbiyining ketishi haqida gapirdi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning ketishi haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum yakunlangandan keyin "shaharliklar"ni tark etadi.

"Maydonda Pepning “suhbatlari”ni sog'inaman", — deb yozdi norvegiyalik to'purar ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa olti marta Angliya Premier ligasi chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasida ham g'olib bo'ldi.

APLning so'nggi turida "Manchester Siti" "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q