Xoland jarohat oldi, u Shotlandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 18 noyabr, 2023, 15:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi hujumchisi Erling Xoland "Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Farer orollariga qarshi bahsda to‘pig‘idan jarohat oldi. Shu sabab u Norvegiyaning Shotlandiya bilan kechadigan o‘yinida jamoasiga yordam bera olmaydi. 

Tecno

Terma jamoa shifokori Ola Sandning ma’lum qilishicha, futbolchining jarohati unchalik jiddiy emas. 

"Jarohat jiddiy emas, lekin u vaqtincha og‘riq beradi. Xolandning harakatlari cheklangan, shuning uchun u Shotlandiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi", - dedi Sand. 

Eslatib o‘tamiz, Shotlandiya - Norvegiya uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan tungi 00:45 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!