
Xoland Keynning biznesini sindirdi!
Sport olamida ancha mashhur bo‘lgan Nike kompaniyachi “Tottenxem” to‘purari Harri Keynga yangi homiylik shartnomasi berish masalasini muzlatib qo‘ydi.
Bunga “Manchester Siti”ning yangi hujumchisi Erling Xoland Angliya premer-ligasidagi debyut mavsumini yorqin tarzda boshlagani sabab bo‘ldi.
Angliya chempionatidagi dastlabki to‘qqizta uchrashuvda 14 ta gol urganidan keyin Xoland etakchi sport brendlari, xususan, Nike, Adidas, Puma, New Balance kompaniyalarining asosiy nishoniga aylandi.
Avval Erlingga butsalarni personal homiy vazifasini bajargan Nike kompaniyasi etkazib berardi. Lekin hamkorlik o‘tgan mavsum oxirida yakunlanganidan keyin norvegiyalik futbolchi turli firmalar butsadan foydalanmoqda.
Fikrlar