Xolanddan boshqasi ham bor! "Siti" yulduzi "Barsa"ga o'tishga tayyor
Kataloniyaliklar kimni tanladi?
Evropa matbuotida «Manchester Siti»ga moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jiddiy sanktsiyalar qo‘llanilishi mumkinligi, bunday holda esa klub yetakchi futbolchilarini sotishga majbur bo‘lishi haqida ko‘p yozilmoqda.
Qit’aning yetakchi jamoalari bu vaziyatni diqqat bilan kuzatib, imkoniyatdan foydalanishga tayyor turibdi. Masalan, «Barselona» shunday stsenariy ro‘yobga chiqsa, hujum chiziqini kuchaytirish uchun Erling Xolandni olib kelish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Ammo kataloniyaliklarni qiziqtirayotgan yagona nom norvegiyalik forvard emas. «Barselona» hujumini kuchaytirish uchun yana bir ehtimoliy nomzod – Rayan Sherki.
El Nacional nashrining yozishicha, agar «Manchester Siti»ga sanktsiyalar qo‘llanilsa, Rayan Sherki «Barselona» taklifini ko‘rib chiqishga tayyor.
«Sherkining asosiy qimmati uning kreativ o‘yinida: u chiziqlar orasida bo‘sh joy topa oladi, raqiblarni yakkama-yakka vaziyatlarda ortda qoldiradi va hal qiluvchi paslar beradi. Uning sifati chuqur va qatlamli himoyani yorib o‘tish, shuningdek, kombinatsion o‘yinni rivojlantirishda qo‘shimcha qurol bo‘lishi mumkin», – deya ta’kidlanadi maqolada.
Manbaga ko‘ra, bu transferni amalga oshirish uchun «Barselona»da ehtimoliy «almashuv aktivi» sifatida Fermin Lopes qaralmoqda. Ushbu futbolchini sotish orqali Rayan Sherkini olib kelish xarajatlarini qoplash mumkinligi qayd etilgan.

Izohlar (0)