Xolandni bozori qaynaydi
Evropa grandlari bir necha yildan beri unga ko‘z tikib kelmoqda
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland yaqin vaqtlarda transfer bozorining eng ko‘p muhokama qilinadigan figuralaridan biriga aylanishi mumkin.
Agar «shaharliklar» Angliya Premier-ligasidan chetlatilsa, norvegiyalik forvard jamoasini almashtirishga tayyor.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, Xoland uchun kurashga «Barselona» va «Real» jiddiy ravishda hozirgarchilik ko‘rmoqda. Kataloniya va Madrid klublari norvegiyalik gol uruvchini bir necha yildan beri, u «Borussiya» safida to‘p surgan davrdanoq, diqqat bilan kuzatib kelayotgani aytilmoqda.
La Liga yetakchi klublari Xolandni olib kelish oson kechmasligini yaxshi tushunishadi. Shu bois ular bu transferni amalga oshirish uchun kerak bo‘lsa bir necha yil sarf etishga ham tayyor.

Izohlar (0)