"Xorazm" braziliyalik futbolchini oʻz tarkibiga qoʻshib oldi

  • 26.01.2026 02:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Xorazm" jamoasi Superliganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub matbuot xizmati braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1996 yilda tug‘ilgan Rafael Sabino jamoaning yangi a’zosiга aylandi. Futbolchining so‘nggi klubi Qirg‘izistonning "Qiziljar" jamoasi hisoblanadi. Rafael yarim himoya pozitsiyasida to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, "Xorazm" Antaliyadagi  yig‘in doirasida 2 fevral kuni Moldovaning "Zimbru Kishinyov" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!