Xorij klubi O‘zbekiston MTJ futbolchisi transferini e’lon qildi (foto)

  • 15.01.2023 07:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilaridan biri Rustam Ashurmatov yana legionerga aylandi.

Rossiyaning "Rubin" jamoasi uni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini rasman ma’lum qildi. Avvalroq, yana bir vakilimiz Umarali Rahmonaliev ham aynan shu klub bilan shartnoma imzolagandi.

"Ana endi rasman: Ashurmatov - "Rubin" futbolchisi!

Jamoamiz tarkibi o‘zbekistonlik 26 yoshli himoyachi Rustam Ashurmatov bilan to‘ldirildi. U 3,5 yillik shartnomaga imzo chekdi va 5-raqam ostida harakat qiladi.

Xush kelibsan, Rustam!"-deya yozib qoldirdi qozonliklar matbuot xizmati.

IMG_20230114_210133

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!