Xorxe Tsestero: "Orzuim amalga oshdi"
Xorxe Tsestero "Real Madrid" safida birinchi marta o‘ynadi. 19 yoshli futbolchi Ispaniya Kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi "Talavera"ga qarshi o‘yinda 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va o‘yinda 2:3 hisobi qayd etildi.
"Orzuim amalga oshdi. Men har doim maydonda bor kuchimni sarflashga harakat qilaman. Dunyoning eng katta klubi sharfini munosib himoya qilmoqchiman. Men ko‘pchilikning o‘yinlariga qoyil qolaman, lekin menga ayniqsa Kazemiro va Toni Kroos yoqadi", dedi ispaniyalik futbolchi intervyusida.
Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvni La Liga doirasida "Sevilya" bilan o‘ynaydi.
Fikrlar