Asosiy mazmunga oʻtish

Mini-futbol

Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz

Izohlar: 0

Murabbiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Osiyo kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Rostini aytsam, Eron bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmadik. Chunki kechagi uchrashuvdan so‘ng bunga etarli vaqtimiz bo‘lgani yo‘q. Biroq raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz.

Ularni qanday mag‘lub etish mumkin? Eronlik o‘yinchilarning darajasi juda yuqori va bu jamoani to‘xtatish juda qiyin. O‘ylashimcha, bitta uchrashuvda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz o‘z maqsadimizga erisha olamiz.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q