Xoselu "Real"da qoladigan bo‘lyapti

  • 18 oktabr, 2023, 20:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"da ijara asosida o‘ynayotgan markaziy hujumchi Xoselu doimiy ravishda "qirollik klubi" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchini "Espanol"dan sotib olishni rejalashtirmoqda. Xoseluning "Real" bilan ijara shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi. Shartnomadagi sotib olish opsiyasi 1,5 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 33 yoshli hujumchi to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!