
Xuanfranga Braziliya va AQSh klublaridan qiziqishlar bo‘lmoqda
Shartnomasi yakunlangach "Atletiko"dan ketgan himoyachi Xuanfran faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchiga Braziliya va AQSh klublaridan qizqishlar bor. Aniqrog‘i, "Korintians", "San-Paulu" va "Neshvill Metroz" kabi jamoalar uni o‘z safida ko‘rishni xohlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xuanfran 2011 yildan buyon “Atletiko” sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Fikrlar