Xulian Al’vares transferi atrofida kurash qiziydi: "Barselona" eng yaxshi variant

  • 05.06.2026 11:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Al’vares yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Argentinalik futbolchiga "Barselona" va PSJ klublari asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. "Diario Sport" ma’lumotiga ko‘ra, "matraschilar" Al’varesni Parij klubiga sotishga tayyor, biroq uni "Barselona"ga berishni istamaydi.

Asosiy muammo — futbolchining narxi. "Atletiko" 26 yoshli hujumchi uchun 150 million yevro talab qilmoqda. PSJ esa bu summani yuqori deb hisoblamoqda va kelishuvni osonlashtirish uchun bitimga o‘z futbolchilaridan birini qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xulian Al’varesning o‘zi "Barselona"ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!