Xusanovning "Real Madrid"ga qarshi oʻyini statistik portallar tomonidan baholandi
EЧЛning 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" — "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsda Alvaro Arbeloa shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, "Siti" tarkibida Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa maydonda bo‘ldi.
Bellashuvdan so‘ng turli statistik portallar vakilmizning harakatlarini turlicha baholadi.
Fotmob portali hamyurtimizni 7.9 ballga loyiq ko‘rsa, Sofascore portali unga 7.2 ball berdi. Bundan tashqari, Flashscore sayti ham Husanovga 7.9 ball qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, ikki o‘yinning umumiy natijasiga ko‘ra, "Real Madrid" 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar