Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xvicha faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

"Manchester Yunayted" gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda

PSJ qanot hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin. "MatchDay Central" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

"Qizil iblislar" Kvaratsxeliya va Bruno Fernandes tandemi jamoaga chempionlik uchun kurashishga yordam beradi, deb hisoblashmoqda. Xvicha 2025 yilda "Napoli"dan PSJga 80 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Ushbu mavsumda Xvicha parijliklar safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Transfermarkt" 25 yoshli vingerning qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q