
Xvicha Ronaldu va Messidan birini tanladi
"Napoli" klubi futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya ikki yulduz Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan birini tanladi.
"Avval Gutining uslubi menga yoqardi. Unga havas qilib, futbol o‘ynashni istardim.
Keyin ko‘p o‘tmay, u nafaqaga chiqdi. Gutidan keyin Krishtianu Ronaldu mening sevimli o‘yinchimga aylandi.
Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qilish juda qiyin. Ammo Krishtianu - mening kumirim! Shunday ekan, men uni tanlayman", - dedi gruziyalik iqtidor egasi.
Fikrlar