Xyoysen: “Barsa”dagilar “Real”ga o‘tganimga ustimdan kuldi, hammang maydonda ko‘rasan hali!

  • 9 sentabr, 06:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Real” safiga qo‘shilgan markaziy himoyachi Din Xyoysen Ispaniya terma jamoasi yig‘ini chog‘ida “Barselona” futbolchilari uning tanlovidan kulganini aytdi.

Tecno

-  Milliy terma jamoada ayrim o‘yinchilar “Real”ni tanlab to‘g‘ri qilganimni aytishyapti.

Biroq bunga javoban, “Barselona” futbolchilari jig‘imga tega boshladi. Men ularga hali “el-klasiko”da ko‘rasanlar, - deb javob qilyapman, - dedi Din Xyoysen.

Din Xyoysen o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida “Bornmut” sharafini himoya qilgan edi. Madridliklar iste’dodli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olib, besh yillik shartnoma tuzdi.

Ayni paytda Transfermarkt portali iqtidorli markaziy himoyachini 60 million evroga baholamoqda. Xyoysen zamonaviy futbolda eng kuchli himoyachilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!