Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yamal “Barsa” o‘yinchilarining g‘azabiga duchor bo‘lyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hammasiga pul sabab

Ispaniyaning nufuzli nashrlaridan El Nacional “Barselona” klubi ichki muhitida 17 yoshli Lamin Yamal tufayli ziddiyat kelib chiqayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumki, Lamin Yamal yozda 18 yoshga to‘ladi va klub bilan yangi professional shartnoma imzolaydi. Ayni paytda bu o‘yinchi o‘smirlarga mo‘ljallangan kelishuv asosida to‘p tepmoqda va yiliga 3 million evro miqdorida maosh olyapti.

Endi iste’dod egasi yangi shartnoma tuzishi bilan natijalariga ko‘ra, xizmat haqi oladi. Lamin “Barselona”da eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylanishi kutilmoqda. U endi jamoada eng katta pul topayotgan Robert Levandovskidan ham ko‘p oladi.

Manbaga ko‘ra, Lamin Yamalning yangi bitim bo‘yicha maoshi yiliga 35-40 million evroni tashkil qilishi kutilyapti. Bu holat klubning boshqa o‘yinchilarini bezovta qila boshladi. Ayniqsa, jamoaning tajribali o‘yinchilari Yamal tufayli maoshlar balansi buzilishini ro‘kach qilib, yosh futbolchiga katta imtiyoz berish noto‘g‘ri ekanini ta’kidlashmoqda.

Shunga qaramay, jamoada Lamin Yamalning noyob iqtidorini qadrlayotgan va uni jamoaning haqiqiy etakchisi sifatida e’tirof etayotgan o‘yinchilar ham bor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q