Yamal Mbappening rekordini yo‘qqa chiqardi

  • 19.03.2026 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempioni “Barselona”ning hujumkor futbolchisi Lamin Yamal UEFA Chempionlar ligasida yangi rekord o‘rnatdi.

Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida “Barselona” o‘z maydonida Angliyaning “Nyukasl” jamoasini 7:2 hisobida mag‘lub etdi.

Yamal ushbu o‘yinda gol urdi va golli uzatma berdi. Endi Lamin hisobida Chempionlar ligasida 10 ta gol bor. Shu tariqa, 18 yosh 248 kunligida u ushbu ko‘rsatkichga erishgan eng yosh o‘yinchiga aylandi.

Yamal bu ko‘rsatkich bo‘yicha Madriddning “Real” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening rekordini yangiladi. Mbappe shu paytgacha qit’aning eng nufuzli turnirida eng yosh o‘yinchi sifatida 10 ta gol urgan rekordchi hisoblanardi. Kilian bu marrani 18 yoshu 350 kunligida zabt etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” futbolchilari “Nyukasl”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 8:3 hisobida mag‘lub etib,  Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘l oldi. Endi keyingi bosqichda kataloniyaliklar o‘zlari yaxshi bilan Madriddning “Atletiko” klubiga qarshi to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!