Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yamal Shakiraning uyiga boradi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Lamin sevgilisi bilan birga yashamoqchi

“Barselona”ning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal yozda klub bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasini imzolaganidan keyin eng katta maosh oladigan o‘yinchilar qatoriga qo‘shildi.

Yamal endi o‘ziga uy-joy sotib olishga qaror qildi. Sport.es saytining yozishicha, Lamin ilgari “Barselona”ning sobiq futbolchisi Jerar Pike va taniqli xonanda Shakira birga yashagan hashamatli uyni xarid qilishga qaror qilgan.

Yana bir manba – El País nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Yamal yangi uyida sevgilisi Niki Nikol bilan birga yashashni mo‘ljallayapti.

Agar uning rejasi amalga oshsa, Lamin Yamal jamoadoshlari Alexandro Balde va Ronald Arauxo bilan qo‘shni bo‘ladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q