Yana besh nafar futbolchi olamiz!
“Milan” klubi kelasi mavsum oldidan tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga bel bog‘ladi. Taniqli jurnalist Nikolo Skira milanliklar yana beshta pozitsiyaga yangi ijrochilarni olib kelmoqchi ekanidan xabar topdi.
Manbaga ko‘ra, “Milan” murabbiylar shtabi klub rahbariyatiga ikki nafar yarim himoyachi, o‘ng qanot hujumkor futbolchisi, hujumchi ortida o‘ynaydigan pleymeyker va markaziy forvard kerakligini ma’lum qilgan.
Ayni paytda “Milan” darvozani qo‘riqlash uchun “Atalanta” posboni Marko Sportelloni transfer qilib bo‘ldi.
Milanliklar “Chelsi” vakili Loftus-Chik va “Latsio”dan Luka Romeroni o‘z safiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirib bo‘lgan.

Fikrlar