
Yana bir futbol afsonasi yozda faoliyatini yakunlashi kutilyapti
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 2023-24 yilgi mavsumda o‘ynamasligi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchining sog‘ligi bilan bog‘liq muammo uni kelasi yozda faoliyatini yakunlashga undashi mumkin.
"Rossonerilar" Zlatanni klubda saqlab qolib, unga elchi rolini taklif qilmoqchi.
Ayni damda 41 yoshli forvard tizzasidagi operatsiyadan keyin tiklanish jarayoni bilan band. EChL 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga qarshi ilk o‘yinni o‘tkazib yuboradi, javob bahsida maydonga tushishi kutilyapti.
Fikrlar