Yana bir mashhur yulduz Saudiyaga ketishga rozilik berdi

  • 27 yanvar, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourinoning “Roma” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgani jamoaga portugaliyalik mutaxassis tomonidan taklif qilingan futbolchilar, xususan, Romelu Lukakuning kelajagiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Tecno

Rimliklar tajribali hujumchining shartnomasini “Chelsi”dan sotib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda belgiyalik forvard Saudiya Arabistoniga ketishga qaror qildi.

Romelu Lukaku Saudiya ligasiga ko‘chib o‘tish haqidagi savollarga javob berdi.

- O‘ylashimcha, ikki yil ichida Saudiya Arabistoni professional ligasi dunyoning eng kuchli chempionati bo‘ladi. Klublar katta o‘yinchilarni olib kelish uchun jiddiy ishlarni amalga oshirmoqda.

Buning samarasida ligadagi o‘yin sifatida juda tez o‘syapti. Men ham borishim mumkinmi? Albatta, bunga hech qanday shubha yo‘q, - dedi Romelu Lukaku.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!