Yana bir portugaliyalik futbolchi faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin

  • 1 aprel, 17:36
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi yarim himoyachi Joau Felish bilan shartnomani davom ettirmasligini tasdiqladi. Iyun oyida futbolchi "Chelsi"ga qaytadi.

Biroq, Felish "aristokratlar" rejasiga ham kirmaydi. Portugaliyalik futbolchiga "Galatasaray" va Saudiya Arabistonining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.

Avvaloroq, "Aston Villa" Felishni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Felish joriy yilning fevral oyida "Chelsi"dan "Milan"ga ijara asosida o‘tgan edi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Joriy mavsumda 25 yoshli portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!