
Yana bir yulduz “Real”ni tark etmoqda
Belgiyalik hujumkor futbolchi Eden Azar mavsum yakunlanishi bilan Madridni tark etadigan bo‘ldi.
Yana bir necha oydan keyin tajribali o‘yinchining shartnomasi yakunlanadi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti Azarni asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi sifatida ko‘rmaydi. Etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Eden yozda ketishga qaror qilgan.
Aslida Eden Azar madridliklarning eng omadsiz transferlaridan biriga aylangan. 2019 yili “Chelsi”dan 115 million evroga transfer qilingan futbolchi Madrid klubida o‘zini ko‘rsata olmadi.
Azar “Real” tarixidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Shunga qaramay, bu klubga kelganidan buyon o‘z hisobiga atigi ettita to‘p yozdirib qo‘ydi xolos.
Fikrlar