Yangi hujumchi paydo bo‘ldi. Uni Angliya grandlari talashyapti

  • 27.03.2023 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Gazzetta dello Sport nashri italiyalik 19 yoshli Vilfrid Gnontoning kelajagi porloq ekani haqida yozmoqda.

Ayni paytda bu hujumchi Angliya Premer-ligasida “Lids” sharafini himoya qilmoqda. Yosh forvard ko‘rsatayotgan o‘yin “Chelsi” e’tiborini jalb qildi. Mutaxassislar Gnontoni kelajakda ko‘p gol ura oladigan to‘purar sifatida tarbiyalash mumkinligini ta’kidlamoqda.

Vilfrid Gnonto “Inter” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. To‘qqiz yoshida milanliklar safiga qabul qilingan futbolchi keyinchalik “Tsyurix” jamoasida to‘p tepdi. “Lids” uni 2022 yilning yozida transfer qilib, besh yillik shartnoma imzoladi.

Gnonto 2022 yilning may oyida Italiya milliy terma jamoasida debyutini nishonladi. Germaniya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, milliy terma jamoa safida to‘p kiritgan eng yosh futbolchi sifatida Italiya futbol tarixiga kirdi. Vilfrid shu kuni 18 yoshu 222 kunlik edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!