Yangi mavsum Madrid derbisida aka-uka Azarlarning to‘qnashuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin

  • 28.03.2019 23:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azar faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin.

Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 25 yoshli belgiyalik futbolchi uchun 40 mln evro to‘lashga tayyor. Ta’kidlash kerakki, Azarning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi va u ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Azar safida 27ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

E’tiborlisi, Torganning akasi Eden Azar yozda “Real”ga o‘tishini inobatga olsak, biz kelgusi mavsum Madrid derbisida aka-uka Azarlarning to‘qnashuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!