Yangi murabbiy “Liverpul”ga birinchi qaysi futbolchini olib kelishi ma’lum bo‘ldi

  • 6 may, 2024, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum yakunlanishi bilan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoadan ketadi. Uning o‘rnini Arne Slot egallashi kutilmoqda.

Tecno

Bu mutaxassis bo‘lajak jamoasi tarkibini shakllantirish rejasini tuzib qo‘ygan.

Slot “Liverpul”ga birinchi bo‘lib “Atalanta” hujumkor futbolchisi Tyon Kopmeynersni olib kelmoqchi.

Daily Mail nashrining yozishicha, niderlandiyalik charm to‘p ustasi “Liverpul”ning yangi etakchisiga aylanishi kerak.

26 yoshli o‘yinchi 2021 yildan beri “Atalanta” sharafini himoya qilmoqda. U bergamoliklar safiga “AZ Alkmaar” klubidan kshchib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!