Yangi yulduz “Manchester Siti”ga rad javobini berdi

  • 20.12.2025 13:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Keyingi ikki mavsumda Italiya chempionatida “Komo” sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Nikolas Pas Evropaning qator grand klublaridan taklif olmoqda.

Argentinalik futbolchi yaqinda Angliya Premer-ligasi etakchi klublaridan “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi” va “Arsenal” chorlovlarini qabul qilmadi va ularga rad javobini berdi.

“Real” akademiyasida tarbiyalangan va o‘z vaqtida asosiy jamoaga kira olmagani uchun “Komo”ga yo‘l olgan Nikolas Pas endi “Qirollik klubi”ga qaytish davri kelganiga ishonmoqda.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, “Real” mutasaddilari ham 21 yoshli hujumkor futbolchining faoliyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va kelasi yoz uni qayta sotib olish huquqidan foydalanishni rejalashtirib qo‘ygan.

Joriy mavsumda Pas barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!