Yangi yulduzlarni kashf etishga tayyormisiz? O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun “jangga” kirmoqda

  • 16 iyun, 2023, 18:52
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, shu yilning 15 iyun – 2 iyul kunlari Tailandda futbol bo‘yicha 17 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oladi. Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi yigitlar zimmasida jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi bor. Ertaga boshlanadigan musobaqa oldidan bu terma jamoa haqida siz bilishingiz kerak bo‘lgan bir nechta muhim faktlarni keltirib o‘tamiz.

Tarkib

Jamoa bosh murabbiyi 4 iyun sanasida Osiyo kubogida ishtirok etadigan jamoamizning yakuniy tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar Tailandga yo‘l oladigan bo‘ldi. To‘liq tarkib bilan tanishing:

34itji34otj43i

Darvozabonlar.

Diyor To‘laboev ("Paxtakor"), Asilbek No‘monov ("Nasaf"), Muhammadyusuf Sobirov ("Bunyodkor") 

Himoyachilar.

Behruz Shukurullaev ("Odil Junior"), Mamadalixon Olimov ("Navbahor"), Asror Otaxonov ("Metallurg"), Ozod O‘ktamov ("Navbahor"),Behruz Jumatov ("Odil Junior"), Muhammad Bobur Karimov ("Paxtakor"), Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), Sherzod Abdulboriev ("Navbahor"),

Yarim himoyachilar.

Oybek O‘rmonjonov ("Odil Junior"), Lazizbek Mirzaev ("Lokomotiv"),Muhammadali Reimov ("Toshkent FA"), Abdulhamid Ikromov ("Bunyodkor"), Ollobergan Karimov ("Bunyodkor"), Azizbek To‘lqinbekov ("Bunyodkor").

Hujumchilar

Shodiyor Shodiboev ("Navbahor"), Abdulhamid Turg‘unboev ("Andijon-SGS"), Nikolas Akopov ("Lokomotiv"), Aminbek Yoqubov ("Lokomotiv"), Quvonch Abraev ("Lokomotiv"), Amirbek Saidov ("Bunyodkor").

Tarkib ancha jangovor tuzilgan. Hozir ulardan ayrimlarini ajratib ko‘rsatish noo‘rin, ammo etakchilarni sanab o‘tamiz. Birinchi navbatda jamoa hujumlarini tashkil etuvchi kuchga aylanib borayotgan o‘zbek futbolidagi tineyjer – Laziz Mirzaev.

o23sheo23eoa

Jamoaning mudofaa chizig‘ida juda ishonchli o‘yin namoyish etayotgan Asror Otaxonov, Klassik hujumchilarga xos engillik bilan harakat qiluvchi Amirbek Saidov turnir davomida porlashi kutilmoqda. Qolgan futbolchilar ham saralash o‘yinlari va o‘rtoqlik bahslarida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda, Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi U-17 jamoamiz tarkib borasida musobaqadagi hech bir jamoadan orqada emas.

Musobaqa formati

Klassika. 16 jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda kvartetda 3 tadan o‘yin o‘tkazadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi. Chorak finalda g‘alaba qozongan 4 jamoa esa yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini 17 iyun kuni Yaponiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda jamoamiz 20 iyun sanasida Hindiston bilan kuch sinashadi. O‘yin 17:00 da start oladi. So‘nggi tur 23 iyun kuni soat 17:00 da boshlanadi.  Termamiz a’zolari musobaqa startini afsonaviy “Rajamangala”da boshlasa, qolgan ikki turni “Tammasat” arenada o‘tkazadi.

1-tur.

Yaponiya – O‘zbekiston.

2-tur.

O‘zbekiston – Hindiston.

3-tur.

Vetnam – O‘zbekiston.

U17

Agar jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritsak, 2023 yilning 10 noyabr – 2 dekabr kunlari kichik mundialda termamizga muxlislik qilishimiz mumkin. Shu o‘rinda, FIFA mezbon bo‘lishi kutilayotgan Perudan JCh mezbonligini olib qo‘yishi ham mumkinligi haqida xabarlar mavjud. Mamlakatda turnirni o‘tkazish uchun infrastrukturaning etarli darajada tayyorlanmagani bunga sabab bo‘lishi mumkin. Hozir vikipediyada 3 aprel sanasida Peru Jahon chempionati mezbonligidan voz kechgani va FIFA turnirni qabul qilish uchun tender e’lon qilishi haqidagi ma’lumot mavjud. Demak, JCh qaysi mamlakatda bo‘lishi hozircha noma’lum.

Musobaqa startidan avval terma jamoamiz bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor, turnir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jamoalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz bu turnirni intizorlik bilan kutdik. Jamoa tomonidan musobaqaga uzoq tayyorgarlik ko‘rildi. Futbolchilar esa ertangi uchrashuvni intizorlik bilan kutishmoqda. Umuman olganda, biz turnirga tayyormiz.

Tayyorgarlik juda yaxshi o‘tdi, deya olaman. Osiyo, Evropa va Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdik.

J43IGJ34IJG

Barcha jamoalarni hurmat qilamiz. O‘ylashimcha, ularni etarlicha o‘rganishga harakat qildik. Yaponiya va Hindiston terma jamoalariga qarshi oldin o‘ynaganmiz va bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ushbu musobaqada barcha jamoalar o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishgan. Xususan, biz ham. Musobaqada zafar quchib, Jahon chempionatiga yo‘l olishni maqsad qilganmiz. Barcha jamoalarga omad tilayman", - dedi Rahmatulalev.

Yaqinlashib kelayotgan musobaqa oldidan yosh futbolchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz. Musobaqani esa SPORTS.uz bilan birgalikda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!