Yanvarda Vinisiusni 160 million yevroga oladigan klub chiqdi

  • 06.01.2026 11:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” yanvarning birinchi kuniyoq bosh murabbiy Enco Mareskani iste'foga chiqarilganidan keyin yangi ustz olish barobarida tarkibda ham jiddiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga bel bogʻladi.

“Aristokratlar” qishki transfer oynasida jamoa tarkibini Madriddning “Real” jamoasi vingeri Vinisius Juniyor bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

The Guardian nashri xabariga koʻra, ingliz klubi braziliyalik futbolchi uchun 160 million yevro miqdorida badal puli toʻlashga tayyor.

Vinisius Juniyor 2017 yil yozidan buyon “Real” safida toʻp suradi. Uning transferi uchun “Flamengo”ga oʻz vaqtida 45 million yevro toʻlangan edi. Futbolchining “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi.

Ilgari tomonlar yangi kelishuv boʻyicha bir toʻxtamga kela olmayotgani haqida bir necha marotaba xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda vinger La Ligada 19 ta oʻyinda ishtirok etdi. Uning hisobiga 5 ta gol va 6 ta golli uzatma toʻgʻri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!