Yaponiya Afrikaning etakchi terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi
"Kirin kubogi" nomli musobaqa doirasida Yaponiya Ganaga qarshi bahs olib bordi. Unda Osiyo jamoasi yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Yaponiyaliklar safida gollarga Yamane, Mitoma, Kubo va Maeda mualliflik qildi. Ganaliklarning yagona goli Ayyu hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, Yaponiya musobaqa finaliga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda "kun chiqar yurt" vakillari Afrikaning boshqa bir jamoasi Tunisga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar