Yaponiya federatsiyasi OFK tarkibidan chiqishi mumkin
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Qatar ta’siri va korruptsiya holatlarining ko‘payishi sababli kelajakda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) safidan chiqishi mumkin. Bu haqda "Reddit" nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya OFKdan ajralib, yangi tashkilot — "Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi"ni tuzish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Yangi federatsiyaga Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, KXDR, Singapur, Vetnam, Tailand va Indoneziya kabi mamlakatlar a’zo bo‘lishi mumkin.
Loyihaning asosiy maqsadi — mintaqa futbolidagi mustaqillikni kuchaytirish, hamda mintaqaviy musobaqalarni rivojlantirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, “Samuraylar” ham 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.



Fikrlar