Yaponiyadan quruq qaytmadik...

CHERY AUTO

Yaponiyada o‘tayotgan para tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo kubogining 140 va 250 metr masofaga o‘tkazilgan slalom hamda gigant slalom bahslarida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli start oldi.

Tecno

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Asel Turdimuratova (LW6/8-2 klass) 140 metr masofada o‘tgan slalom bellashuvlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu masofadagi yana bir vakilimiz Yulduz Mahmudova (LW2 klass) bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, gigant slalom 250 metr masofada Asel Turdimuratova (LW6/8-2 klass) bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, Firdavs Hidoyatov (LW4 klass) mazkur masofani uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi. 

Ma’lumot o‘rnida: mazkur musobaqa sportchilarga 2026 yil Italiyada tashkil etiladigan qishki Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!