Yaqin vaqt ichida Suaresning yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘ladi
Kataloniyaning “Barselona” va Madridning “Atletiko” klubi sobiq futbolchisi Luis Suares vataniga qaytishi mumkin. Urugvayning “Nasonal” klubi tajribali hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda klub prezidenti Xose Fuentes ma’lum qildi.
“Uning oilasi Urugvayga ko‘chib o‘tishga tayyor. Luisning yakuniy qarorini bilish qoladi. U hamma narsani o‘lchab, javob berish uchun bir necha kun vaqt so‘radi”, - deya “Nasonal” klubi rahbarining so‘zlarini keltiradi “Mundo Deportivo” nashri
Suares 2021/2022 yilgi mavsum oxirida "Atletiko"ni tark etgandi. Ayni damda hujumchi erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, 35 yoshli forvard o‘tgan mavsum “matraschilar”ning La Liga doirasidagi 35 o‘yinida maydonga tushib, 11 gol muallifiga aylangan.
Fikrlar