Yaralangan "Milan" juda xavfli

  • 10.02.2023 13:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasi 22-turining dastlabki turida “Milan” va “Torino” klublari o‘zaro to‘qnash keladi.

Mamlakatning amaldagi chempioni esa ketma-ket 3 ta mag‘lubiyat tufayli yuzaga kelgan nokdaundan chiqib ketishga harakat qilmoqda. "Torino" bosh murabbiyi Ivan Yurich esa “rossonerilar”ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Milan” kabi jamoalar ayniqsa, yaralangan paytlarida juda xavfli. Ularda g‘alati inqiroz bo‘lyapti, bu "Roma"ga qarshi o‘yindan boshlandi. Ammo ular o‘sha o‘yinda juda zo‘r o‘ynagan edi”, - dedi Yurich La Gazzetta Dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" va "Torino" o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!