
Yaxshiboevga yarashgan reyting.. O‘zbek legioneri taxtdan tushmoqchi emas!
Belarus chempionatini har bir turini tahlil qilib borayotgan “Pressbol” nashri eng yaxshi futbolchilarning yangi reytingini e’lon qildi.
Jami 10 ta tur yakunlari bo‘yicha tuzilgan reytingda hamon o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboev peshqadamlik qilmoqda. U reytingning eng yuqori pog‘onasini dastlabki turlardan beri hech kimga bermay kelmoqda.
Jasur Yaxshiboev 10-tur uchrashuvida “Isloch” darvozasini ishg‘ol qilib, gollari sonini 7 taga etkazdi va to‘purarlar bahsida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bundan tashqari, bu g‘alaba evaziga “Energetik-BGU” musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Eng zo‘r futbolchilar reytingi bilan tanishing:
1. J.Yaxshiboev (Energetik-BGU) — 5.60 (10 uchrashuv)
2.I.Stasevich (BATE) — 5.55 (10)
3.Gabriel Ramos (Torpedo-BelAZ) — 5.50 (9)
4.G.Kadimyan (Neman) — 5.44 (9), N.Milich (BATE) — 5.44 (8) Xachaturyan (Torpedo-BelAZ) — 5.44 (9)
7.V.Lisakovich (Shaxter) — 5.43 (10)
8. A.Nosko (Energetik-BGU) — 5.40 (10), P.Nexaychik (BATE) — 5.40 (10)
10. V.Bushma (Torpedo-BelAZ) — 5.38 (8), V.Gorbachik (Torpedo-BelAZ) — 5.38 (9)
Fikrlar