Yaya Ture futbolchilik faoliyatini yakunladi
Kot-d’Ivuarlik mashhur futbolchi Yaya Ture faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda uning agenti Dmitriy Selyuk xabar bermoqda.
“Biz Yaya bilan bir yo‘lni tanladik: Chempion sifatida ketib, hayotda yangi bosqichni boshlash – murabbiylikni boshlash. Menimcha Ture murabbiy sifatida futbolchi bo‘lib erishgan yutuqlaridan ko‘ra ko‘proq g‘oliblikka erisha oladi”, - deydi agent.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Yaya Ture faoliyati davomida "Beveren", "Metallurg", "Olimpiakos", "Monako", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi klublarda to‘p surgan. U Kot-d'Ivuar terma jamoasida esa 101ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol urishga erishgan.
Fikrlar