
Yirik hisobda zafar quchgan "Milan" 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Italiya A Seriyasi 21-turidan o‘rin olgan "Venetsiya" - "Milan" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Zlatan tezkor goli bilan 3-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Teo Ernandes dubl qayd etib, jamoasiga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.
Mazkur 3 ochkodan so‘ng "rossonerilar" turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Venetsiya" 16-pog‘onani band etgan.
Fikrlar