Yosh bokschilarimiz xalqaro turnirni muvaffaqiyatli boshladi

  • 09.03.2019 12:45
  • 0
  • Boks

Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida sobiq bokschi Aleksey Yukov sovrini uchun ochiq turnir o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada Belarus bokschilaridan tashqari O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Litva, Ukraina, Qirg‘iziston hamda Moldovadan kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.

Musobaqanining birinchi davrasida terma jamoamiz safidan joy olgan vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan Mirzabek Mirhalilov mezbonlar vakili Stanislav Korenkovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Quyida charm qo‘lqop ustalarimizning birinchi davrada qayt etgan natijalar bilan tanishasiz:

60 kg: Xusanjon Karimov (O‘zbekiston) – Vitaliy Starinski (Belarus) 5:0

64 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) – Dinmuhamed Bonanuli (Qozog‘iston) 3:2

75 kg: Rustambek Nasriddinov (O‘zbekiston)  – Danila Aleksandrov (Belarus) 5:0

81 kg: Zafar Bozorov (O‘zbekiston) – Nikita Ribalkin (Belarus) 5:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!