
Yosh futbolchilarga imkoniyat berishda "Barselona"ga etadigani yo‘q
Evropaning top-ligalarida hech bir klubda “Barselona”dan ko‘ra ko‘proq yosh futbolchilarga imkoniyat taqdim etmaydi
.
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi hisobotiga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida “blaugrana”ning chempionatdagi o‘yin vaqtining 22,6 foizi hali 21 yoshga to‘lmagan futbolchilarga berilgan. Bu Evropaning eng kuchli besh ligasi klublari orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Top 10 talik quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. "Barselona" – 22,6% vaqt, 26 nafar futbolchi
2. "Lion" – 20,7% vaqt, 15 nafar futbolchi
3. "Gavr" – 16,8% vaqt, 21 nafar futbolchi
4. "Reyms" – 15,1% vaqt, 25 nafar futbolchi
5. "Monpele" – 14,6% vaqt, 14 nafar futbolchi
6. "Jirona" – 14,2% vaqt, 23 nafar futbolchi
7. "Valensiya" – 14,2% vaqt, 18 nafar futbolchi
8. "Strasburg" – 13,8% vaqt, 21 nafar futbolchi
9. "Renn" – 13,5% vaqt, 20 nafar futbolchi.
10. "Sautgempton" – 12,1% vaqt, 16 nafar futbolchi.
"Bayer" va "Borussiya Dortmund" har birida 11,1 foiz, PSJ 10,3 foiz, “Bavariya” 9,7 foiz, "Manchester Yunayted" 8,9 foiz bilan joy olgan.
Fikrlar